Узбек O'zbek
Sulsher: «Hakam bahsni chinakam derbiga aylantirdi»
Dushanba, 21 Oktabr
4076

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yin haqida (1:1) fikr bildirdi.

«Men hakamlar maqtovga loyiq, deb hisoblayman. Biz ko‘pincha hakamlarni maqtamaymiz, Aynan hakam bahsni chinakam derbiga aylantirdi. Reshfordning golidan oldingi vaziyatda qoida buzilmagan edi. Roy Kin ham buni qo‘pollik deb aytmagan bo‘lardi.

Futbolchilar maydonda borlarini berishayotgani murabbiyga yoqadi, albatta. Ammo o‘yin oxirida biz jismonan charchab qoldik. 

G‘alaba qozonganimizda ajoyib natija bo‘lardi, ammo durang ham to‘g‘ri yo‘nalishda ekanligimizni ko‘rsatadi. Biz ko‘proq g‘alaba qozonishimiz kerak», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz