Узбек O'zbek
Roy Kin: «Manchester Yunayted» futbolchilaridan jirkanaman»
Dushanba, 21 Oktabr
11822

«Manchester Yunayted» klubining sobiq sardori Roy Kin jamoa futbolchilarining APL doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yindan oldin qilgan xatti-harakatlarini qoraladi.

Irlandiyalikka «MYU» futbolchilarining tribunaosti yo‘lagida raqiblari bilan iliq ko‘rishgani yoqmadi.

«Ulardan nafratlanaman. Siz urushga otlanyapsiz, ular esa tunnelda raqib bilan quchoqlashib, o‘pishib yurishibdi. Qarama-qarshilikka birorta ishora yo‘q. Axir siz ularga qarshi jangga chiqyapsiz», – deb Kin so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

O‘yin 1:1 hisobida tugadi. 9 turdan keyin «Liverpul» jadvalda peshqadamlik qilmoqda, «Manchester Yunayted» esa 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kin 1993-2005 yillarda «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz