Узбек O'zbek
Mourino: «Klopp go‘sht istadi, lekin baliq oldi»
Dushanba, 21 Oktabr
7362

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublarining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 9-turidan o‘rin olgan «MYU» – «Liverpul» o‘yinidan so‘ng (1:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Kloppga menyu yoqmadi – u go‘sht istadi, lekin baliq oldi. «Liverpul» qarshi hujumlarga imkoniyat yaratadigan raqiblarga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Ammo «Yunayted» mavjud cheklovlar bilan boshqacha futbol o‘ynadi. 

«Manchester Yunayted» 3ta markaziy himoyachi bilan o‘ynadi va ixcham harakat qildi. «Liverpul» menyuni yoqtirmadi, ular bunday uslubdagi jamoaga qarshi o‘ynash uchun yetarlicha darajaga ega emas edilar. Shubhasiz, xursandman. Chunki «Liverpul» 2005 yili «Chelsi bilan qayd etgan 9ta g‘alabadan iborat rekordimga yeta olmadi», – deb Mourinoning so‘zlarini keltiradi Goal.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz