Узбек O'zbek
«Milan»ning so‘nggi uch murabbiyi debyut o‘yinida g‘alaba qozona olmadi
Dushanba, 21 Oktabr
911

«Milan» yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli qo‘l ostida A Seriyaning 8-turida «Lechche» bilan durang o‘ynadi (2:2).

Gracenote'ning yozishicha, «rossoneri»ning so‘nggi uch bosh murabbiyi klubdagi debyut o‘yinlarida g‘alaba qozona olishmadi.

Piolidan avvalgi bosh murabbiy Marko Jampaoloning ilk o‘yinida jamoa «Udineze»ga mag‘lub bo‘lgandi (0:1).  Undan avvalgi murabbiy Jennaro Gattuzo esa debyutini «Benevento»ga qarshi bahsda durang bilan boshlagandi (2:2).

«Milan» ayni damda turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz