Узбек O'zbek
Mariano Dias APLga yo‘l olishi mumkin
Dushanba, 21 Oktabr
4155

Madridning «Real» klubi hujumchisi Mariano Dias faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda ispan nashrlari yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Diasning xizmatlariga Angliyaning «Everton» klubi ehtiyoj bildirgan. Liverpulliklar «Yuventus»dan sotib olingan hujumchi Moyze Kinning o‘yinidan norozi bo‘lishmoqda. Yozda 27,5 million yevroga sotib olingan Kin joriy mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta gol urmadi.

«Real» safida hali birorta o‘yinda maydonga tushmagan Mariano Diasga ayni damda «Milan» ham «og‘iz solgan». «Real» akademiyachi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Dias o‘tgan mavsumda «Lion»dan 22 million yevro evaziga «Real»ga qaytgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz