Узбек O'zbek
Klopp: «MYU»ning goli VAR'da ham muammolar borligini ko‘rsatdi»
Dushanba, 21 Oktabr
5137

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 9-turidan o‘rin olgan «MYU»ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:1) o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz istagan natija bo‘lmadi, ammo o‘yin qanday rivojlanganini hisobga olgan holda durangdan ham xursand bo‘lishimiz kerak. Menga birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz yoqmadi. «Manchester Yunayted» bizga bosim o‘tkazishiga va tajovuzkor o‘ynashiga imkon berdik. Ular xohlaganlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi. 

«MYU»ning goli VAR bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatdi. Hakamning o‘zi Origi yiqitilgan vaziyatni ko‘rganida golni bekor qilishi mumkin edi. Men uchun bu – VAR'ning nosozligi. Bu muammo. Keyin bizning golimiz ham bekor qilindi. Deyarli hamma narsa bizga qarshi edi. Muhimi, hozirgacha yutqazmadik, shuning uchun hammasi joyida», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz