Узбек O'zbek
2021 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Xitoyda o‘tkazilishi mumkin   
Dushanba, 21 Oktabr
748

2021 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Xitoyda o‘tkazilishi mukin, deb xabar beradi Associated Press.

2021 yildan boshlab bu chempionat boshqacha formatda o‘tkaziladi va turnirda birdaniga 24ta jamoa ishtirok etadi. Bugungi kunda klublarning to‘liq ro‘yxati noma’lum, ammo Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining so‘nggi 4ta g‘oliblari turnirga yo‘l olishadi. Shunday qilib, hozircha turnirda «Real», «Liverpul», «Atletiko», «Chelsi» klublari o‘ynashi ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, keyingi 2 yildagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Qatarda eski format bo‘yicha o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz