Узбек O'zbek
Sulsher: «Ishonamanki, «MYU» chempionlikni «Liverpul»dek 30 yil kutmaydi»
Yakshanba, 20 Oktabr
2732

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan gapirib o‘tdi.

«Biz yana avvalgi holatimizga qaytib, Premer-ligani yutishimizga ishonaman. Va bu 30 yildan oldinroq bo‘lishiga shubha qilmayman ( «Liverpul» so‘nggi marta 1990 yilda chempion bo‘lgan).

Yaxshi o‘yin va yaxshi natija futbolchilarni o‘zgartirishi, ularga ishonch qo‘shishi va kayfiyatini ko‘tarishi mumkin. O‘zingizga ishonch bo‘lmaganda harakat qilish o‘rniga ko‘p o‘ylaysiz. Ammo men shogirdlarim yetarli darajada yaxshi ekanliklarini bilaman va bundan tashvishda emasman», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» – «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi. Ayni paytda turnir jadvalida «MYU» 14-o‘rinda, «Liverpul» 1-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz