Узбек O'zbek
Saloh va Pogba o‘ynamaydi. «MYU» va «Liverpul» o‘yini uchun tarkiblar ma’lum
Yakshanba, 20 Oktabr
1380

Angliya chempionatining 9-turi doirasida to‘qnashadigan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘yin uchun boshlang‘ich tarkiblarni e’lon qildi.

Mezbonlar safida Pol Pogba o‘yinda ishtirok etmaydi, u o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmagan, Yurgen Klopp esa bu o‘yinda jamoaning asosiy hujumchisi va to‘purari Muhammad Saloh xizmatlaridan foydalana olmaydi. Shuningdek, mehmonlar safida darvozabon Alisson jarohatidan so‘ng ilk marta asosiy tarkibga qaytdi.

«Manchester Yunayted»: de Xea, Maguayr, Lindelyof, Van-Bissaka, Yang, Tuanzebe, Maktominay, Fred, Jeyms, Pereyra, Rashford. 

Zaxira: Romero, Uilyams, Roxo, Mata, Garner, Marsiyal, Grinvud. 

«Liverpul»: Alison, van Deyk, Robertson, Matip, Aleksander-Arnold, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Firmino, Origi, Mane. 

Zaxira: Adriano, Lovren, Gomes, Oksleyd-Chemberlen, Milner, Lallana, Keyta.

«Liverpul» bosh murabbiyi 28 yoshli forvard tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘yinda ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan.

«Mo bugun maydonga tushishga tayyor emas. U jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmadi. Nima uchun ko‘pchilik u bugun o‘ynashi haqida gapirganiga hayronman.

Unda bugun o‘ynash uchun imkon yo‘q edi, balki chorshanba kuni imkon bo‘lar [YeCHLda «Genk» klubiga qarshi o‘yin nazarda tutilgan]. Ko‘ramiz», – degan Klopp Sky Sports efirida.

«Old Trafford» stadioni mezbonlik qiladigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz