Узбек O'zbek
«PSJ» yozda ikki yarimhimoyachisini sotib, Eriksenni qo‘lga kiritmoqchi
Yakshanba, 20 Oktabr
2333

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Kristian Eriksen «PSJ» klubining qiziqishlari doirasiga tushdi.

Bungacha 27 yoshli daniyalik futbolchini «Real», «Bavariya» va «Yuventus» klublari ham o‘z safiga qo‘shib olishni xohlayotganligi haqida aytilgandi.

Parijliklar mavsum oxirida Eriksenni erkin agentga aylanganda tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Shu bilan birga «PSJ» yozda yarimhimoyachilar Leandro Paredes va Yulian Drakslerni sotishga tayyor.

Oldinroq «Real» Eriksenni qishda sotib olish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo futbolchi yozda «Tottenhem»ni erkin agent sifatida tark etsa, yangi klubi bilan yanada foydali shaxsiy shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz