Узбек O'zbek
Gvardiola: «Umid qilamanki, shunday o‘ynashda davom etamiz»
Yakshanba, 20 Oktabr
1240

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 9-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz doimgidek yaxshi o‘ynadik. Juda ko‘p vaziyatlarni yaratdik, ko‘pincha aniqlik yetishmadi. Lekin eng muhimi, milliy jamoalar o‘yini tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

«Kristal Pelas» jadvalda biz bilan deyarli yonma-yon joylashgandi, ular ajoyib mavsum o‘tkazishyapti. Darvozabon ularni ko‘p marotaba qutqardi.

Umid qilamanki, mana shunday o‘ynashda davom etamiz», – deb Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz