Узбек O'zbek
«Tottenhem» futbolchilari Pochettino mashg‘ulotlaridan norozi
Shanba, 19 Oktabr
4649

«Tottenhem» klubidagi tajanglik kuchayib bormoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchilar bosh murabbiy Maurisio Pochettino mashg‘ulotlaridan norozi. Ularga argentinalik mutaxassisning og‘ir yuklamalari yoqmayapti. Bundan tashqari, so‘nggi vaqtlarda Pochettino shogirdlarining erkinligini ham cheklab qo‘ygan. Bu esa jamoadagi muhitga salbiy ta’sir qilmoqda.

«Tottenhem» klubi APL 8 turidan so‘ng 9-o‘rinni egallab turibdi. 

Avvalroq, agar Pochettino iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini Joze Mourino egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz