Узбек O'zbek
Superliga. «Lokomotiv» autsayderni yengdi, «Dinamo» «Paxtakor»ga yutqazdi
Shanba, 19 Oktabr
2110

Superligada 22-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Dinamo» Samarqandda «Paxtakor»ni qabul qildi va 1:4 hisobida yutqazdi. Bu samarqandliklarning qatorasiga 11-mag‘lubiyati bo‘ldi. «Lokomotiv» o‘z uyida «Buxoro»ni 2:0 hisobida yengdi.  

Bu natijalardan so‘ng, «Paxtakor» 62 ochko bilan peshqadamlik qilyapti, «Lokomotiv» esa 41 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Buxoro» 19 ochko bilan 13-o‘rinni, «Dinamo» 18 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Superliga, 22-tur.
19 oktyabr, Samarqand, «Dinamo» stadioni 
«DINAMO» - «PAXTAKOR» 1:4
Gollar
: Bobur Qosimov (28) - Igor Sergeyev (45), Sardor Sobirxo‘jayev (45+1), Dostonbek Hamdamov (75, 81)
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Timur Galeyev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.
Dinamo: Ergashev, Loqayev, Alamxonov, Hamroyev, Shodmonov, Xolmurodov, Qosimov, Toshpo‘latov, Eminov, Abdurahmonov, Safarov
Zaxira: Eshbo‘tayev, Raimov, Sharipov, Norov, Nasimov, Baratov, Sharofiddinov, Hakimov, Karimov
Paxtakor: Quvvatov, Salimov, A’zamov, Krimets (s), Kozak, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, G‘ofurov, Bikmayev, Iminov, Sergeyev
Zaxira: Suyunov, Alijonov, Abdullayev, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Mahmudhojiyev, Sayfiyev, Simich

19 oktyabr
Toshkent, «Lokomotiv» stadioni 
«LOKOMOTIV» - «BUXORO» 2:0
Gollar
: Oleg Zoteyev (64), Diyor Turopov (90)
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Ahmed Tillayev

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz