Узбек O'zbek
Odil Ahmedov chiroyli goli bilan «Shanxay SIPG» g‘alabasiga hissa qo‘shdi
Shanba, 19 Oktabr
1047

Xitoy Superligasida 26-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Shanxay SIPG» safarda «Beyszin Goan» bilan o‘ynadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Li Shenglong va Odil Ahmedov mualliflik qilishdi.

Qayd qilish joizki, bu mavsumda hamyurtimiz «Shanxay SIPG» tarkibida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan.

Bu natijadan so‘ng, «Shanxay SIPG» 59 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi, «Beyszin Goan» 58 ochko bilan 3-o‘rinda. Superligada 62 ochko bilan «Guanchjou Evergrand» klubi peshqadamlik qilmoqda.

Xitoy Superligasi, 26-tur
19 oktyabr
«Beyszin Goan» - «Shanxay SIPG» 0:2
Gollar: Li Shenglong (49), Odil Ahmedov (66)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz