Узбек O'zbek
Liga 1. «PSJ» yirik hisobda g‘alaba qozondi, Di Mariyadan dubl
Shanba, 19 Oktabr
2866

Fransiya chempionatida 10-tur o‘yinlariga start berildi. Chempionat peshqadami sanalgan «PSJ» mehmonda «Nitssa»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Parijliklar safida Anxel Di Mariya dublga erishgan bo‘lsa, Mauro Ikardi ketma-ket uchinchi o‘yinida to‘p kiritdi. Yana bir gol esa Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Bu Mbappening so‘nggi 2 oy ichida ilk golidir.

19-20 oktyabr kunlari turning qolgan o‘yinlari davom ettiriladi. Tur doirasida «Lion»  o‘z maydonida «Dijon»ni, «Monako» esa «Renn»ni qabul qiladi.

Liga 1, 10-tur

Nitssa – PSJ 1:4
18 oktyabr, «Alyans Rivera»
Gollar: Ganago (67) – Di Mariya (15, 21), Mbappe (88), Ikardi (90).
Nitssa: Benites, Byurne, Erey, Dante, Sarr, Le-Melu, Sipren, Danilo (Pelmar, 71), Ganago (Tamez, 80), Dolberg (Maolida, 90), Klod-Moris. 
PSJ: Navas, Mene, Tiago Silva (Markinos, 46), Kimpembe, Diallo, Errera, Paredes, Di Mariya, Shupo-Moting (Kurzava, 62), Ikardi, Sarabiya (Mbappe, 83).
Ogohlantirishlar: Sipren (24), Kurzava (72), Kimpembe (86), Dante (90).
Chetlatish: Sipren (74), Erey (77).

19 oktyabr

Lion – Dijon
Nim – Amen
Tuluza – Lill
Mets – Nant 
Anje – Brest
Reyms – Monpele

20 oktyabr

Bordo – Sent-Eten
Monako – Renn
Marsel – Strasburg

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz