Узбек O'zbek
Klopp: «Sulsherga mening maslahatim shart emas, u nima qilish kerakligini biladi»
Shanba, 19 Oktabr
2475

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher haqida fikr bildirdi.

«Sulsherning holati haqida hech narsa bilmayman. OAV nima yozishi muhim emas, Ed Vudvord va Gleyzerlar oilasi unga nima deyishi muhimroq.

Dunyodagi har bir murabbiy o‘z g‘oyalarini amalga oshirishi uchun imkon qadar ko‘proq vaqt berilishini istayman. Sulsherning «MYU»dagi holatini «Liverpul» bilan solishtirib bo‘lmaydi. 

«Manchester Yunayted» – katta klub. Bu jamoada hech kim muvaffaqiyatni uzoq kutishni xohlamaydi. 

Sulsherga maslahat shart emas. U klubni 10-15 yildan beri biladi, futbolda tajribaga ega. Uning o‘zi nima qilish kerakligini biladi. Menimcha, u klubda ishonchli pozitsiyaga ega», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz