Узбек O'zbek
Bugun Piterda Osiyo yulduzlari to‘qnashuvi. Ozmun zo‘rmi Shomurodovmi?
Shanba, 19 Oktabr
3353

Bugun Rossiya chempionatida 13-turining markaziy o‘yini Peterburgda o‘tkaziladi. «Zenit» o‘z maydonida «Rostov»ni qabul qiladi. Rossiyaning mashhur sport sayti Championat.com bu bahsga Ozmun — Shomurodov to‘qnashuvi deb nom berdi. Rossiyada porlayotgan ikki Osiyo yulduzining qay biriga bugun omad kulib boqadi? Har ikki futbolchi ham 24 yoshda, ularning o‘yin uslublari ham o‘xshab ketadi. Keling, ularning alohida ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratamiz.

Klubdagi gollar soni
Bu borada Eldor yaqqol ustunlikka ega. Shomurodov chempionatda 10 ta gol urdi. «Rostov» superyulduzi «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobelev bilan to‘purarlik poygasida yetakchilik qilmoqda. Ozmunda esa hozircha atigi 3 ta gol bor.

Milliy jamoadagi gollar

Har ikki ikki futbolchi mavsum boshidan buyon milliy jamoa safida uchtadan JCH-2022 saralash o‘yinida maydonga tushdi. Shomurodov Yamanga bitta, Singapurga ikkita gol urdi. Ozmunda esa bitta gol ko‘proq. «Zenit» hujumchisi Honkongga bitta, Kombodjaga uchta gol urdi.

Gol urish sarflangan vaqt

Eldor Rossiya chempionatining ortda qolgan 12 turida umumiy 1 046 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu esa Shomurodov har 104 daqiqada bitta gol urmoqda degani. Ozmun esa mavsum avvalidan buyon RPLda 887 daqiqa harakat qildi. Eronlik hujumchi har 295 daqiqada gol urmoqda. Eldor gollar sonida bo‘lgani kabi gol uchun kerak bo‘lgan daqiqalar borasida ham yaxshiroq ko‘rsatkichga ega.

Jamoa natijasiga qo‘shgan hissasi

Shomurodov «Rostov» joriy mavsumda Rossiya chempionatida urgan gollarining 43 foiziga muallif bo‘ldi. Ozmun esa «Zenit»ning 14 % golini urdi.

Zarbalar
Gollar bo‘yicha Ozmun va Shomurodov o‘rtasida farq katta bo‘lsa-da, o‘yin davomida berilgan zarbalar bo‘yicha deyarli tenglik. Eldor har o‘yinda o‘rtacha 3,3 tadan zarba bermoqda, Ozmun esa 3,1 tadan. Eldor jarima maydonyaasiga kirmay zarba berish bo‘yicha ham (0,4 ga 0,1), jarima maydonchasi ichidan zarba berishda ham (2,9 ga 2,5) oldinda.

G‘alaba gollari
G‘alaba gollarini urish bo‘yicha ham Eldor oldinda. Azmun joriy mavsumda «Zenit»ning ikkita o‘yinida hal qiluvchi gol urdi («Sochi» va «Orenburg» bilan o‘yinlarda). Eldor esa uchta o‘yinda g‘alaba golini urdi («Arsenal», «Krilya Sovetov» va «Lokomotiv» bilan o‘yinlarda).

Gollarning xilma-xilligi
Futbolchilar urgan gollar xilma-xilligiga qarasak. Ozmun urgan uchta golining bittasini penaltidan, bittasini o‘ng oyoq bilan, bittasini bosh bilan urgan. Eldor esa 5 marta o‘ng oyoq bilan, uch marta bosh bilan, bir marta chap oyoq bilan, yana bir marta rikoshet orqali gol urgan.

Realizatsiya
Ozmun chempionat boshidan buyon uchta gol urdi, ammo undan mavsum avvalida bu vaqtga kelib kamida 7 ta gol urishi kutilgandi. Eldordan 5 ta gol kutishgandi, u esa mutaxassislarni hayratda qoldirib 10 ta gol urishga ulgurdi.

Golli uzatmalar va dribling bo‘yicha
Eldor 10 ta gol urishi bilan birga 2 marta golli uzatmani ham amalga oshirdi. Ozmunda esa 3 ta goldan tashqari shuncha golli assist bor. Raqibni aldab o‘tish bo‘yicha hujumchilarning ko‘rsatchkichlari deyarli teng. Eldor har o‘yinda o‘rtacha 0,9 marta, Ozmun 0,7 marta raqiblarini aldab o‘tmoqda.

Transfer qiymati
Bu borada Ozmun ancha oldinda. Transfermarket uni 17 million yevroga baholagan. Shomurodovni esa 2,5 million yevroga. Lekin nemis klublari hozirdan Eldor uchun 10 millionlab to‘lashga tayyorligi ham bor gap...

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz