Узбек O'zbek
Van Deyk: «Chempionlik haqida gapirishga erta»
Juma, 18 Oktabr
1256

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

«Menimcha, «Liverpul»ning yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Amaldagi chempion bu – «Manchester Siti». Ular o‘z nomlarini himoya qilishadi, biz ham chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Bosim kuchaymoqda, ammo bu shunchaki ommaviy axborot vositalarining ta’siridir. Ular vaziyatni keskinlashtirishni yaxshi ko‘rishadi. Men bunga qarshi emasman. Chunki boshqa odamlar nima deyishi haqida o‘ylamayman. Men har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlayman. Biz jadvalning eng yuqori qismida ekanligimizdan zavqlanishimiz kerak. Ammo mavsum oxiriga qadar juda ko‘p o‘yinlar bor, shuning uchun chempionlik haqida o‘ylashga erta. 

Men «Manchester Siti»ning o‘yinlarini tomosha qilmayman. Lekin natijalarni aytib turadigan oila a’zolarim va do‘stlarim bor. Ayniqsa, ular «Vulverhempton»ga yutqazishganda (0:2) ko‘p xabarlar oldim. Ammo o‘tgan mavsum ko‘rsatdiki, so‘nggi o‘yinlargacha qolganlarga qaramasligimiz kerak. Hozircha bizda hammasi yaxshi, ammo «Manchester Siti» chempionlik poygasini tark etmagan», – deb van Deykning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz