Узбек O'zbek
Superliga. Qo‘qonda g‘alaba qozongan «Qizilqum» «xavfli hudud»ni tark etdi
Juma, 18 Oktabr
1615

Superliga 22-turining ilk o‘yini Qo‘qonda yakunlandi. O‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilgan «Qo‘qon-1912» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Avvaliga qo‘qonliklar Hamidullo Abduhamidovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. Ammo Salim Mustafoyev hamda Stiven Lusitsa kiritgan gollar «Qizilqum»ga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Qizilqum»ning ochkolari soni 22 taga yetdi va jamoa «xavfli hudud»ni tark etib, 11-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 12-o‘ringa tushdi.

Superliga. 22-tur
QO‘QON-1912 — QIZILQUM 1:2

Gollar: Hamidulla Abduhamidov (29) — Salim Mustafoyev (45+2), Stiven Lusitsa (67).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz