Узбек O'zbek
«Real» «Barselona» taklifini ma’qulladi
Juma, 18 Oktabr
8305

«Real» klubi La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yinning 18 dekabrda o‘tkazilishiga rozi bo‘ldi.

«Musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi «Barselona» - «Real» bahsining sanasi bo‘yicha qarorni e’lon qilishidan oldin, shuni ma’lum etamizki, har ikkala klub o‘yinning 18 dekabrda o‘tkazilishini taklif qilmoqda», - deyiladi «Real» klubi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bahs Kataloniya markazidagi siyosiy norozilik namoyishlari tufayli boshqa kunga qoldirilgan va klublarga yangi sana bo‘yicha 21 oktyabrga qadar kelishib olish tavsiya qilingandi. Shundan so‘ng, «Barselona» bu bahsning 18 dekabr kuni o‘tkazilishini taklif etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz