Узбек O'zbek
PFL kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan Yoshlar Ittifoqi klubining litsenziyasini bekor qildi
Juma, 18 Oktabr
2351

PFL kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan Shahrixonning «Rash Milk» va Oltiariqning «Iftixor» jamoalariga tegishli litsenziyalarni olib qo‘ydi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.

«Joriy yil iyul oyida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgan edi.

Ushbu hamkorlik natijasi o‘laroq, «A» Pro-liga ishtirokchisi «Iftixor» hamda «B» Pro-liga ishtirokchisi «Rash Milk» futbol klublarining kelishilgan o‘yinlarga aloqador ekanligi, shuningdek reglament talablarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgani aniqlandi.

Shu sababdan O‘FA odob-ahloq va litsenziyalash qo‘mitalarining qaroriga asoslanib, PFL tomonidan 2019 yilgi mavsumda «Rash Milk» klubiga O‘zbekiston chempionatining «V» Pro-ligada, «Iftixor» klubiga esa «A» Pro-ligada ishtirok etish uchun berilgan litsenziyalari tugatildi va ushbu ikki klub musobaqalardan chetlashtirildi»,— deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, «Iftixor» klubi Yoshlar Ittifoqi tashkilotining Farg‘ona viloyat kengashiga tegishli. Bu jamoa murabbiy va rahbarlari futbolchilarni kaltaklagani bilan «tanilgan».

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz