Узбек O'zbek
«MYU» 18 yoshli hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Juma, 18 Oktabr
313

Yosh hujumchi Meyson Grinvud «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

18 yoshli futbolchi bilan tuzilgan yangi bitim 2023 yil iyunigacha tuzilgan. Uni yana 1 yilga uzaytirish imkoni bor.

Grinvud «MYU» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U klub tizimida 7 yoshdan beri o‘ynab keladi.

U o‘tgan mavsumda «Yunayted»ning asosiy jamoasida debyut qildi va APLda maydonga tushgan jamoaning eng yosh o‘yinchisiga aylandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz