Узбек O'zbek
«Kristal Pelas» so‘nggi 1,5 yilda 1ta gol urgan hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Juma, 18 Oktabr
2891

«Kristal Pelas» klubi jamoa hujumchisi Kristian Benteke bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

Yangi bitimga ko‘ra, 28 yoshli belgiyalik futbolchi «burgutlar» safida 2021 yil yozigacha o‘ynaydi. Hujumchi 2016 yilning yozida «Liverpul»dan o‘tganidan beri London klubi safida 98ta o‘yin o‘tkazdi va 21ta gol urgan. Bundan tashqari u so‘nggi 1,5 yil ichida atigi 1ta to‘p kiritgan. 

«Men klub bilan yangi kelishuvga erishganimdan xursandman. Jamoa yangi mavsumni ajoyib boshladi. Men rahbariyat, murabbiy va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman», – deydi Benteke.

Shuningdek, «Kristal Pelas» 30 yoshli himoyachisi Jeyms Tomkins bilan ham shartnomani uzaytirdi. Ingliz futbolchisining londonliklar bilan tuzgan yangi bitimi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz