Узбек O'zbek
Tiago Silva: «Mane – «Oltin to‘p» uchun kurashda qatnashishga loyiq futbolchi»
Payshanba, 17 Oktabr
1595

«PSJ» himoyachisi Tiago Silva «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane haqida gapirdi. 

«Mane – jahon darajasidagi futbolchi. U deyarli mukammaldir.

Mane o‘ta tezkor, to‘pni yaxshi boshqaradi va juda aqlli o‘ynaydi. 

Men uni o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari va erishgan yutuqlari tufayli «Oltin to‘p» uchun kurashda qatnashishga loyiq deb o‘ylayman», – deb Silvaning so‘zlarini keltiradi Goal.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz