Узбек O'zbek
Son Hyon Min: «Shimoliy koreyaliklar oyog‘imizni uzib olishi mumkin edi»
Payshanba, 17 Oktabr
11707

Janubiy Koreya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Son Hyon Min JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan KXDRga (0:0) qarshi safardagi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Afsuski g‘alaba qozonolmadik, ammo o‘yin juda qo‘pol tarzda o‘tdi. Jarohat olmasdan qaytganimizning o‘zini yutuq deb hisoblayman. Shimoliy koreyaliklar shu darajada qo‘pol o‘ynashdiki, oyog‘imizni uzib olishlari mumkin edi. Bundan tashqari, jiddiy haqoratlar ham ko‘p bo‘ldi», - deb Son so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Qayd qilish joizki, KXDR vakillari bu o‘yinga muxlislar va jurnalistlarni kiritmadilar. O‘yin bo‘m-bo‘sh stadionda o‘tkazildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz