Узбек O'zbek
Shomurodov: «30 yoshimgacha Xitoy chempionatiga o‘tmayman»
Payshanba, 17 Oktabr
16508

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov 30 yoshigacha Xitoy chempionatiga bormasligini aytdi. 

«30 yoshga to‘lmagunimcha Xitoy chempionatiga bormayman. Ha, bu – haqiqat. Agar Rossiyaning top-klubi yoki kuchli beshlik chempionatlaridan biridagi o‘rtacha jamoani tanlash kerak bo‘lsa, albatta, ikkinchisini tanlayman.

Men o‘zimni Rossiya Premer-ligasi yulduzi deb hisoblamayman. Valeriy Karpin o‘yinchilar yulduzlik kasaliga uchramasligi uchun hazillashib «yulduz» deb ataydi. Umuman olganda, bosh murabbiyimiz biz bilan juda ko‘p gaplashadi. Karpin doim futbolchilarga nima deyishni biladi. Shu bilan birga u hech qachon futbolchilarga bosim o‘tkazmaydi va bu bizga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni his qilishimizga imkon beradi», –deb Shomurodovning so‘zlarini keltiradi «Izvestiya».

O‘zbekistonlik hujumchi bu mavsumda RPLda 13ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Futbolchining «Rostov» bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz