Узбек O'zbek
Mane Saloh bilan bo‘lgan kelishmovchilik va Veynaldumning hazili haqida gapirdi
Payshanba, 17 Oktabr
9787

«Liverpul» vingeri Sadio Mane jamoadoshi Muhammad Saloh bilan bo‘lgan ziddiyat haqida gapirdi. 

«Bu tushunmovchilik edi, men shunchaki jamoaga yordam bermoqchi edim. 

Siz «Siti» kabi jamoalarga qaraysiz, ular ba’zan 5-6ta gol urishadi. Agar ko‘proq gol urishga harakat qilib, o‘yinni imkon qadar tezroq o‘ldirish mumkin bo‘lsa, menimcha, bu muhim. Shunga biroz jahlim chiqqan edi.

Biz suhbatlashdik va hammasi avvalgidek edi. Keyin murabbiy kabinetiga chaqirdi. Men unga hammasi joyida ekanligini aytdim, u xursand bo‘ldi. 

Biz doim Saloh bilan birgamiz. Ba’zan bir-birimizga yozamiz, hatto telefonda gaplashamiz. Bizda hech qanday muammo yo‘q. 

Jamoa ichidagi hamma bizni mazax qildi. Bir kuni Veynaldum kiyinish xonasida Salohning oldiga bordi va baland ovoz bilan nega uni urmoqchi bo‘lganimni so‘radi. Shunda butun jamoa kulishni boshladi», – deydi Mane Canal Sport Plus'ga bergan intervyusida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz