Узбек O'zbek
Insine va Anchelotti munosabatlariga oydinlik kiritish uchun uchrashishdi
Payshanba, 17 Oktabr
1828

 «Napoli» yarimhimoyachisi Lorenso Insine o‘zaro munosabatlardagi taranglikdan qutulish uchun jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda futbolchining agenti Mino Rayola va «Napoli» sport direktori Kristiano Guintoli ham ishtirok etishdi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

Xabar berishlaricha, uchrashuv yoqimli va osoyishta muhitda o‘tgan, natijada futbolchi o‘z farzandlari bilan klub bazasiga qaytgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda Insine va Anchelotti o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan edi. Shuning uchun Insine Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Genk»ka qarshi o‘yin (0:0) qaydnomasiga kiritilmagandi.  Anchelotti buni futbolchining mashg‘ulotlarda avvalgidek yaxshi ishlamayotganligi bilan izohlagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz