Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov: «O‘zbekiston terma jamoasida hech kimga joy kafolatlanmagan»
Payshanba, 17 Oktabr
4913

«Rostov» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov «Izvestiya» nashri uchun bergan intervyusida Rossiya chempionatidagi samarali o‘yinlari uning terma jamoadagi maqomiga ta’sir qilmagani haqida gapirdi.

— Sizning terma jamoangiz 2020 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqi uchun kurashmoqda. O‘zbekistonning bu turnirda debyut qilishi ehtimolini qanday baholaysiz?

— Biz saralash bosqichini ishonchsiz boshladik, Falastin bilan durang o‘ynadi (0:0) (aslida JCH—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 1-turi doirasida O‘zbekistonning Falastinga qarshi o‘yini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangandi - tahr). Shundan so‘ng, biz har qanaqasiga keyingi o‘yinlarni yutishimiz kerak edi. Maksimal darajada tayyorlandik va munosib natija ko‘rsatdik. Shu yo‘nalishda davom etishimiz kerak. Hali saralash bosqichining boshida turibmiz, kelajakda vaziyat qanday bo‘lishini muhokama qilish qiyin. Barcha bizni va Saudiya Arabistoni terma jamoasini guruh favoritlari deb hisoblamoqda. O‘ylaymanki, bizda yaxshi imkoniyat bor.

— Klubingizda mavsumni juda muvaffaqiyatli boshlaganingiz terma jamoadagi mavqeyingizni mustahkamladimi?

— Men terma jamoadagi o‘rnim o‘zgargan, deya olmayman. U yerda hech kimga, hatto zayavkada ham joy kafolatlanmagan. Ammo, agar sen o‘z klubingda barqaror o‘yin ko‘rsatsang, terma jamoaga chaqirilishing aniq. Shunday ekan, sen hamisha munosib ekaningni isbotlashda davom etishing kerak. Men har bir o‘yinga maksimal darajada ishtiyoq bilan tushaman.

— Har oyda maoshingizning katta qismini O‘zbekistonga jo‘natishingiz haqidagi gaplar to‘g‘rimi?

— Ha, o‘ylaymanki, bu mutlaq normal holat, ko‘pchilik shunday qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz