Узбек O'zbek
Dzyuba «Inter»ga o‘tishi mumkin
Payshanba, 17 Oktabr
3666

«Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba faoliyatini Milanning «Inter» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda «II Giornale» nashri yozmoqda.

Aleksis Sanches jarohati sabab operatsiya qilinishi kerak va u kamiga 3 oy maydonga tusha olmaydi. «Inter»da ayni damda sof hujumchilardan Romelu Lukaku, Lautaro Martines, Mateo Politano va 17 yoshi Sebastyano Espozito qolmoqda.

Shu bois Konte yanvarda ochiladigan transfer oynasi vaqtida yangi markaziy hujumchi sotib olmoqchi. Murabbiyning short-listida «Chelsi» hujumchisi Olive Jiru va «Zenit» sardori Artyom Dzyuba bor.

Rossiya chempionatida 12 o‘yindan so‘ng 5 ta gol urib, 6 ta golga assistentlik qilgan Dzyuba Yevro-2020 saralash bosqichida samaradorlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida saralash doirasida urilgan 9 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz