Узбек O'zbek
Bundesliga klubi Shomurodov uchun taklif bilan chiqdi
Chorshanba, 16 Oktabr
26184

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili Qahhor Mo‘minov futbolchining Yevropa top-klublariga o‘tish imkoniyatlariga baho berdi.

«Transfermarkt portali Eldorning «Rostov»ga o‘tganida 750 ming yevro to‘langanini yozdi. Ammo unday emas. «Rostov» Eldor uchun karrasiga kam to‘lagan.

Hozir u eng yaxshi to‘purar, yaqinda shartnomani uzaytirdi. Shu tufayli bugungi kunda transfer qiymati ham o‘zgacha bo‘lishi kerak. Umuman olganda futbolchi uchun qancha taklif qilinsa, demak uning narxi shuncha bo‘ladi.

«Shtutgart» 10 million yevro atrofida, SSKA ham shunga yaqin qiymatni taklif qildi. «Rostov» bu masalaga qishda qaytishini bildirdi. Ammo mavsum o‘rtasida bu oson bo‘lmaydi.

Eldor va uning oilasi bilan gaplashdim. Yozda top-klublardan munosib taklif tushsa, transferni talab qilamiz. «Rostov» bilan shartnoma imzolaganimizda aynan shu haqda kelishib olganmiz», – deb Mo‘minov so‘zlarini keltirmoqda Rossiyaning Sport sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz