Узбек O'zbek
Shomurodov Rossiyaning ko‘plab klublariga taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Chorshanba, 16 Oktabr
16579

Hujumchi Eldor Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov mijozini ko‘plab klublarga taklif qilingani, ammo faqat «Rostov» klubi qiziqish bildirgani haqida gapirib berdi.

«Skautlar futbolchini ko‘rib chiqayotganda ko‘plab omillarga e’tibor qaratishadi, shuning uchun nimanidir ilg‘amay qolishlari mumkin. Bunda ularni ayblab bo‘lmaydi.

Yaqinda SSKA klubining seleksiya bo‘limi boshlig‘i Maksim Dyukov qo‘ng‘iroq qilib, o‘z xatosini tan oldi. Ularga Eldorni taklif qilgandik, ammo rozi bo‘lishmagandi. Dyukov menga: «Qahhor, bizni ajablantirdingiz. Biz Shomurodovga yuqori baho bermagandik, ammo hozir yigit hammani hayron qoldirmoqda», - dedi. 

Biz Eldorni Rossiyaning barcha klublariga taklif qilganmiz, ammo faqat «Rostov» qiziqish bildirgan. Ularga rahmat», - dedi agent.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ayni paytda «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolev bilan RPL to‘purarlari bahsida peshqadamlik qilmoqda. Har ikkalasining hisobida 10ta gol bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz