Узбек O'zbek
Sanjar Qodirqulov: «Bunday taktikada to‘pni ushlab turishni bilish kerak»
Chorshanba, 16 Oktabr
4222

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Sanjar Qodirqulov Singapurga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Qodirqulov hali o‘zini asosiy tarkibning o‘zgarmas a’zosi deb hisoblashga erta ekanini aytdi.

«Markazda o‘ynashim? Mening o‘yinimni kam ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, faqat qanotda emas, markazda ham o‘ynayman. Yaman bilan o‘yinda Jamshid bilan markazda tushganimizdan qandaydir strategiya ko‘zlangandi deb o‘ylamayman, shunchaki tarkibni e’lon qilishdi va chiqib o‘ynadik.

Bu taktikada to‘pni ushlab turishni bilish kerak, murabbiy shu narsani e’tiborga olib futbolchi tanlaydi. Jamoadagi barcha aynan to‘pni nazorar qilishni biladigan yuqori darajadagi futbolchilar.

Ikkita uchrashuvda ilk daqiqalardan o‘ynaganim uchun o‘zimni asosiy tarkibning o‘zgarmas futbolchisi deb his qilishim kerak emas. Bu o‘yinlarda jonimni berib o‘ynadim va bundan keyin ham shunday o‘ynayman»,— deb Qodirqulovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

1997 yilda tug‘ilgan Sanjar Qodirqulov Yaman bilan o‘yin arafasida milliy jamoaga jalb qilingandi. Aynan Yaman bilan o‘yinda milliy jamoa safidagi debyutini o‘tkazgan Sanjar 3-daqiqadayoq gol urgandi. Qodirqulov Singapur bilan o‘yinni ham to‘liq maydonda o‘tkazdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz