Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» yozda Felish transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi
Chorshanba, 16 Oktabr
4043

«Manchester Yunayted» klubi yozda «Benfika» hujumchisi Juan Felish transferi ustida jiddiy bosh qotirgan, deb yozadi The Athletic.

Lissabonliklar yosh futbolchi uchun 113 million funt so‘ragan, ammo inglizlar bunday qiymatni to‘lashdan bosh tortishgan.

Qayd qilinishicha, «Manchester Yunayted» 16 yoshli portugaliyalikning APLdagi jismoniy yuklamalarga dosh berishiga shubha bilan qaragan, shuningdek uning xorij chempionatida muvaffaqiyatli o‘ynab ketishiga ishonmagan.

Eslatib o‘tamiz, Felish yozda 120 million yevro evaziga «Atletiko»ga o‘tdi. Qayd qilish joizki, futbolchi eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan Golden Boy sovriniga nomzod bo‘lib turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz