Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov: «Tanaffus arafasida urilgan gol biroz qiyinchilik tug‘dirdi»
Chorshanba, 16 Oktabr
4081

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Singapurga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu o‘yinni yutishimizni bilgandik. Raqib ko‘p hujum qilmadi, ammo tanaffus arafasida urilgan gol bizga biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan jamoa esa bunday holatlardan chiqib ketishni bilishi kerak.

Milliy jamoa safidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish? Albatta, buni xohlayman, hujumchi bo‘lgandan keyin o‘z oldimga bunday maqsad qo‘ymasam, to‘g‘ri bo‘lmaydi»,— deb Shomurodovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Singapur darvozasiga ikkita gol urgan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy jamoasi to‘purarlari qatorida 7-o‘ringa ko‘tarildi. Ayni damda uning hisobida 16 ta gol bor. Faoliyatini yakunlamagan futbolchilar orasida faqatgina Odil Ahmedov (20 ta) va Server Jeparovlar (25 ta) Shomurodovdan ko‘p gol urgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hamon Maksim Shatskix bo‘lib turibdi. Uning hisobida 34 ta gol bor. Ro‘yxatning keyingi pog‘onalarida Aleksandr Geynrix (31 ta), Mirjalol Qosimov (30 ta) va Igor Shkvirin (20 ta) bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz