Узбек O'zbek
Aleksander-Arnold Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
Chorshanba, 16 Oktabr
17289

«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Premer-Liganing 2018/19 mavsumida 12ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu esa himoyachilar orasidagi APL rekordidir, deb xabar beradi Ginness rekordlar kitobi sayti.

Avvalgi ko‘rsatkich «Everton» himoyachilari Endi Xinchkliff (1994/95 mavsumida 11ta golli uzatma) va Leyton Beynsga (2010/11 – 11) tegishli edi.

Aleksander-Arnold o‘tgan mavsumda APL va Chempionlar Ligasi ramziy jamoasiga kiritildi. Futbolchi barcha musobaqalarda 16ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz