Узбек O'zbek
Singapur — O‘zbekiston o‘yini «Sport» telekanalida jonli efirda olib beriladi
Seshanba, 15 Oktabr
8135

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:45 da JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Singapur hamda O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi. Uchrashuv «Sport» telekanalida jonli efirda olib beriladigan bo‘ldi.

Bahsni telekanal sharhlovchilari Eldor Mustafoyev hamda Dilshodbek To‘xtabekovlar sharhlab borishadi. JCH-2022 saralashining «D» guruhida bahslarni boshlagan O‘zbekiston milliy jamoasi ayni damda 3 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda ketayotgan Singapur va Saudiya hisobida 4 tadan ochko bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz