Узбек O'zbek
Kevin Gleyzer «Manchester Yunayted»dagi aksiyalarini sotmoqda
Seshanba, 15 Oktabr
4873

Gleyzerlar oilasi vakili bo‘lgan Kevin Gleyzer «Manchester Yunayted»dagi o‘ziga tegishli 13 foiz aksiyasini sotuvga qo‘ymoqda. Bu haqida The Sun xabar tarqatmoqda. 

Ammo bu Gleyzerlar oilasining klubni sotib yubormoqchi ekanini anglatmaydi. Zero kelishuv shartlarida ma’lum vaqt mobaynida oilaning boshqa a’zolari o‘z aksiyalarini sota olmasligi haqidagi punkt ham kiritilgan. Bu bilan birjada «Manchester Yunayted» aksiyalarining tushib ketishining oldi olinishi ko‘zda tutilmoqda.  

Ma’lumki, «Manchester Yunayted» muxlislari orasida Gleyzerlar boshqaruviga nisbatan juda katta norozilik kayfiyati mavjud. Aleks Fergyusonning ketishidan keyingi muvaffaqiyatsizliklarda aynan Gleyzerlar ayblanib kelingan. Avvaliga ularning yetarlicha mablag‘ sarflamayotgani tanqid ostiga olingan bo‘lsa, keyinchalik, klub boshqaruvidagi xatoliklar, jumladan, klubning futboldan ko‘ra tijoriy loyihaga aylanib ketayotgani, futboldan uzoqroq bo‘lgan Ed Vudvordga barcha muhim qarorlar ishonib topshirilgani klub muxlislariga yoqmayapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz