Узбек O'zbek
JCH-2022 saralashi. Falastin – Saudiya Arabistoni o‘yinida hisob ochilmadi va O‘zbekiston guruh yetakchisiga aylandi 
Seshanba, 15 Oktabr
11473

JCH-2022 saralashi D guruhi 4-turining ikkinchi o‘yinda Falastin o‘z maydonida Saudiya Arabistonini qabul qildi. O‘yinda hisob ochilmadi. 

Shu tariqa 4-turdan so‘ng O‘zbekiston  6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rinda 5 ochko bilan Saudiya Arabistoni bormoqda. Falastin va Singapurda 4 ochkodan, Yamanda esa 2 ochko bor.

Milliy jamoamiz navbatdagi o‘yinni 14 noyabr kuni asosiy raqib – Saudiya Arabistoniga qarshi  Toshkentda o‘tkazadi.

JCH-2022 saralashi, D guruhi
15 oktyabr

Falastin – Saudiya Arabistoni 0:0
Falastin: Ramada, Al-Batat, Hamed, Bahdari, Jobir, Batran (Abuvarda, 83), Al-Badavi, Seyyam, Yamin, Chihadeh (Salim, 73).
Saudiya Arabistoni: Al-Ovays, Al-Shahroni, Al-Sahavi, Al-Burayk, Madu, Asiri (Al-Bishi, 90+1), Al Farij, Otayf, Babhir, Al Shehri (Al-Malki, 71), Al-Hamddan (Al-Birakan, 76).
Ogohlantirish: Seyyam (29).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz