Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Turkiyaga qarshi o‘yindan so‘ng (1:1) o‘z fikrlarini bildirdi.
«Raqib birinchi o‘yindagi kabi ( 0:2) gol urdi, biz bundan qochishimiz mumkin edi. Biz vaziyatlarni yaratdik, ammo foydalana olmadik.
Hali chempionatga yo‘llanmani qo‘lga kiritmadik, ishni noyabrda tugatishimiz kerak», – deb Deshamning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.