Узбек O'zbek
Chempionlar Ligasi finali mezbonligi Istanbuldan olib qo‘yilishi mumkin
Seshanba, 15 Oktabr
5130

UEFA Turkiyadan Chempionlar Ligasi mezbonligini qaytarib olishi mumkin.

UEFA vitse-prezidenti Mishel Uva xabariga ko‘ra, Istanbulning bunday sharafdan mahrum qilinish ehtimoli bor.

Qayd qilish joizki, bu Turkiyaning Suriyadagi kurdlarga nisbatan harbiy amaliyot boshlagani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, milliy jamoa futbolchilari Yevro-2020 saralashi o‘yinlarida bu harbiy amaliyotni namoyishkorona qo‘llab-quvvatladilar.

«Biz siyosat bilan sportni aralashtirmaymiz. Ammo BMT, YeI va boshqa davlatlarga ta’sir ko‘rsatolmaymiz. Biroq, bunday qarorlarni UEFA Ijro qo‘mitasi va prezident Cheferin bilan birgalikda qabul qilamiz», - dedi Uva.

Eslatib o‘tamiz, Otaturk nomidagi Istanbul olimpiya stadioni 2020 yilgi Chempionlar Ligasi finalini qabul qilishi kerak.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz