Узбек O'zbek
«Barselona» Reshfordni Suaresga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda
Seshanba, 15 Oktabr
2553

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. El Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 21 yoshli angliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Barselona» ushbu futbolchiga yuqori samaradorligi uchun qiziqib qolgan. U yosh bo‘lishiga qaramay kattalar futbolida 180 o‘yin o‘tkazishga ulgurgan va 48 gol urgan. U shuningdek, Angliya terma jamoasi safida 8 golga mualliflik qilgan.

«Barsa» Reshfordni Luis Suaresga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Ammo shu yil yozida angliyalik forvard «Manchester Yunayted» bilan shartnomani yangiladi, moliyaviy jihatdan yaxshilangan bu shartnoma 2023 yilga qadar tuzilgan.

Qolaversa, Reshford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u klubni tark etishga katta ishtiyoq bildirmasligi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz