Узбек O'zbek
«Arsenal» yana bir nemis himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
Seshanba, 15 Oktabr
2198

Londonning «Arsenal» klubi «RB Leypsig» klubining o‘ng qanot himoyachisi Lukas Klostermannga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli futbolchining transferi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin. Germaniyaning Bild nashri xabar berishicha, ushbu kelishuv 30 million yevro atrofida baholanmoqda. 

Lukas ushbu mavsumda Bundesligada 6 o‘yinda maydonga tushdi. U «Boxum» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2014 yilda «Leypsig» safiga kelib qo‘shilgandi. Shu bugungacha u Germaniyaning eng yuqori divizionida 64 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol mualllifi bo‘lgan. Germaniyaning bosh jamoasidan tashqari, barcha yoshdagi terma jamoalarida to‘p surib ulgurgan. 

«Arsenal» uchun esa, Bundesliga himoyachilariga qiziqish odatga aylanib ulgurgan deyish mumkin. Per Mertezaker uzoq yillar «kanonirlar» sardori sifatida harakat qilgan bo‘lsa, keyinchalik, Shkodran Mustafi, Sead Kolashinats, Sokratis Papastopulos kabi futbolchilar ham aynan Bundesligadan tashrif buyurishgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz