Узбек O'zbek
Allegri «MYU» bosh murabbiyiga aylansa, klubning sobiq himoyachisini murabbiylar shtabiga kiritadi
Seshanba, 15 Oktabr
4056

«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.

Manbaning xabariga ko‘ra, agar Allegri bosh murabbiy bo‘lsa, mankunianliklarning sobiq o‘yinchisi Patris Evrani murabbiylar shtabiga kiritmoqchi. Yozilishicha, klubning ko‘plab muxlislari fransiyalik futbolchining «Yunayted»ga qaytganidan xursand bo‘lishadi.

Avvalroq Allegri «MYU»da ishlashga qiziqib qolganligi va ingliz tilini o‘rganishni boshlagani haqida xabar berilgandi. 

«MYU» mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi va APLda 12-o‘rinni egallab turibdi. Ole-Gunnar Sulsher jamoasi chempionatning 8 o‘yinida 9 ochko to‘pladi. Navbatdagi turda jamoa 20 oktyabr kuni peshqadam «Liverpul»ni qabul qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz