Узбек O'zbek
O‘zbekiston Kubogi finali ilk marotaba «Lokomotiv»da o‘tkaziladi
Dushanba, 14 Oktabr
1750

2019 yilgi O‘zbekiston Kubogi finali 26 oktyabr kuni Toshkentning «Lokomotiv» stadionida o‘tkaziladi.

Hal qiluvchi bahsda Olmaliqning OKMK va Toshkentning «Paxtakor» klublari bellashadi. Eslatib o‘tamiz, bu jamoalar bir yil avval ham finalda ishtirok etigan, yakunda OKMK o‘z tarixida birinchi bor kubok sohibiga aylangandi.

Qayd qilish joizki, shu paytgacha Kubok finallari 18 marta «Paxtakor», 2 marta «Dinamo» va MHSK, 1 marta «Olmaliq», «So‘g‘diyona», «Bunyodkor» va «Istiqlol» stadionlarida o‘tkazilgan edi. Demak «temiryo‘lchilar» stadioni birinchi marta hal qiluvchi bahsga mezbonlik qiladi.

OKMK – «Paxtakor» o‘yini soat 17:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz