Узбек O'zbek
Umar Eshmurodov nega milliy jamoa bilan Singapurga bormagani ma’lum bo‘ldi
Dushanba, 14 Oktabr
9213

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari 8 soatlik parvozdan so‘ng Singapurga yetib kelishdi. Toshkentdan 14 oktyabr kuni soat 11:00 da yo‘lga chiqqan futbolchilar 19:00 da Singapurga yetib kelishdi. Milliy jamoa futbolchilari «Holiday Inn» mehmonxonasiga joylashdi.

Milliy jamoaga ilk marta taklif qilingan «Nasaf» himoyachisi Umar Eshmurodov Singapurga kelmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Umar jarohat olmagan, shunchaki «Nasaf» tarkibiga qaytishga qaror qilgan. 10 oktyabr kuni Yaman bilan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan «Nasaf» sardori klub ixtiyoriga qaytib Superliga o‘yinlariga tayyorlanishni ma’qul ko‘rgan.

Qolgan barcha tarkibdagi futbolchilar milliy jamoa bilan Singapurga yetib kelgan. Vadim Abramov murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamosi JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Singapurga qarshi o‘yinni 15 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:45 da (mahalliy vaqt bilan 19:45 da) Singapurdagi «Milliy» stadionida o‘tkazadi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz