Узбек O'zbek
Sulsher ikki futbolchi xizmatiga qiziqish bildirmoqda 
Dushanba, 14 Oktabr
5830

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher rahbariyatga transfer maqsadiga kiritilgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim qildi.

Mirror xabariga ko‘ra, ro‘yxatda 6 futbolchi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ulardan faqat 2 nafarining ismi-sharifi ma’lum - «Yuventus» hujumchisi Mario Manjukich va «Lion» to‘purari Mussa Dembele.

Yozda «mankunianliklar» 33 yoshli Manjukichni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishgandi. Ammo «Yuventus» so‘ragan 15 million yevro ularni qoniqtirmadi. Sulsherga yoshi ulug‘ futbolchiga bunday qiymat so‘ralishi yoqmadi.

O‘tgan mavsumda Manjukich «Yuventus» tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz