Узбек O'zbek
Robbi Fauler: «Klopp «MYU» va «Real» kabi boy klublar taklifini rad etgan» 
Dushanba, 14 Oktabr
2586

«Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Robbi Fauler mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Borussiya»ni tark etgandan so‘ng «Manchester Yunayted» va «Real»ga murabbiy bo‘lishdan bosh tortgani haqida gapirdi.

«Bir necha yil oldin men Yurgen bilan intervyu qilgan edim va  u menga «Borussiya»dan keyin bir qancha boy klublarning taklifini rad etganini aytgandi. Ulardan biri aniq «Manchester Yunayted», ikkinchisi, ehtimol, «Real» edi. Kloppga bu klublarning haddan tashqari tijoratga e’tibor qaratishlari yoqmagan.

Kloppning so‘zlariga ko‘ra, «Liverpul» unga yoqadi. Chunki bu yerda futbol o‘ynash uchun kerak bo‘lgan pul, tarix, klub va muxlislar o‘rtasidagi muvozanat bor.

U hali o‘z maqsadlariga to‘liq erishgani yo‘q, ammo u, shubhasiz, «Liverpul» muxlislariga ishonch va g‘ururni qaytarib berdi», – deb Faulerning so‘zlarini keltiradi The Mirror.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz