Узбек O'zbek
Anchelottining «Napoli»dagi kelajagi so‘roq ostida turibdi
Dushanba, 14 Oktabr
1899

«Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klub prezidenti Aurelio de Laurentis o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan. Neapolliklar rahbariyati jamoaning joriy natijalaridan qoniqmayapti. 

«Napoli» A Seriya 7 turidan so‘ng 13 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Yuventus»dan 6 ochko orqada qolib ketgan. Chempionlar Ligasida 4 ochko bilan o‘z guruhida peshqadam bo‘lsa-da, so‘nggi turda Belgiyaning kamtarona «Genk» klubini mag‘lub etolmagan. 

Bundan tashqari Karloning ba’zi futbolchilar bilan munosabati ham yaxshi emas. Bu omillar mutaxassisning muddatidan oldin iste’fosiga olib kelishi mumkin.  

Avvalroq Anchelotti «Napoli»ni mavsum oxirida tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz