Узбек O'zbek
Sanches jarohat oldi. U ko‘p vaqt maydonga qayta olmasligi mumkin
Yakshanba, 13 Oktabr
2636

«Inter» klubi va Chili terma jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Sanches Kolumbiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (0:0) jarohat oldi.

Chili futbol federatsiyasi saytida xabar qilinishicha, uning chap oyog‘ining to‘piq qismi chiqib ketgan.

The Sun nashri ma’lumotiga ko‘ra, Sanches bu jarohati tufayli bir necha oyga safdan chiqishi va faqat 2020 yil boshida maydonga qaytishi mumkin.

Sanches joriy mavsumda «Inter» safida 4 o‘yinda maydonga tushdi va bir gol urib, bir golga uzatma berdi. Chililik futbolchining transfer huquqi «Manchester Yunayted» klubiga tegishli, u italyan klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz